Özbekistondagi barça umumiy ovqatlaniş korxonalari faoliyati vaqtinçalik töxtatildi. Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişi oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 19 mart kuni mamlakat hududidagi barça umumiy ovqatlaniş korxonalari faoliyatini vaqtinça töxtatiş haqida qaror qabul qilgan edi.

DSQ matbuot xizmati xabariga köra, uşbu qarordan kelib çiqib Davlat soliq qömitasiga Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan birgalikda vaqtinçalik faoliyati töxtatilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini çeklovlarga amal qilişi ustidan nazorat örnatiş vazifasi topşirildi.

20-22 mart kunlari Davlat soliq qömitasi tomonidan hamkor taşkilotlar bilan birga olib borilgan çora-tadbirlar natijasida respublikada mavjud 13 858 ta umumiy ovqatlaniş korxonasi (yoki filiali) töliq qamrab olinib, ularning faoliyati vaqtinça töxtatilişi ta'minlandi.

Jumladan, Toşkent şahridagi mavjud 2644 ta, Samarqand viloyatida 2081 ta va Buxoro viloyatida 1187 ta umumiy ovqatlaniş obekti faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu respublika böyiça eng yirik körsatkiçlar.

Bu borada eng past körsatkiç Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlariga töğri keldi. Sirdaryoda 387 ta, Navoiyda 465 ta hamda Jizzaxda 467 ta umumiy ovqatlaniş obekti faoliyati vaqtinçalik töxtatildi.  

Ayni paytda tayyor ovqatlarni yetkazib beriş xizmati körsatuvçi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini davom ettirmoqda. Umumiy ovqatlaniş korxonasi sifatida röyxatdan ötgan barça tadbirkorlik sub'yektlari ham mazkur xizmatni taqdim etişi mumkin.

DSQning eslatişiça, talablarning bajarilmasligi qonuniy çoralar  köriş va belgilangan tartibda javobgarlikka tortişga asos böladi.