2020 yil 23 mart kuni fuqaro U.A. (1964 y.t.) özi istiqomat qiladigan Yunusobod tumani, Oqtepa mahallasi, Bözsuv köçasidagi uyning “Bözsuv” kanali qirğoğiga tutaşgan orqa tomonini kengaytiriş va boğ taşkil qiliş maqsadida, haydovçi F.M.dan (1988 y.t.) kanal qirğoqlarini töldirib berişni söragan.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinovning yozişiça, HOWO rusumli yuk maşinasi haydovçisi F.M. va “ZIL” rusumli yuk maşinasi haydovçisi M.X. tomonidan quriliş çiqindilari yuk maşinalarida olib kelinib, “Bözsuv” kanali qirğoqlariga tökilgan va suv ifloslantirilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A., F.M. va M.X.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi (Suv zaxiralarini muhofaza qiliş qoidalarini buziş) va 91-moddasi (Sanoat çiqindilarini, maişiy çiqindilarni va boşqa çiqindilarni töplaş, taşiş, joylaştiriş, zararsizlantiriş, saqlaş, utilizatsiya qiliş, qayta işlaş, realizatsiya qiliş çoğida tabiatni muhofaza qiliş talablarini buziş) bilan ma'muriy javobgarlik töğrisidagi iş qözğatilib, har biriga bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari, ya'ni 1 115 000 sömdan jami 3 345 000 söm miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Şu bilan birga, huquqbuzarlar tomonidan sodir etgan huquqbuzarligi oqibati bartaraf etilib, “Bözsuv” kanali qirğoği huquqbuzarlar tomonidan taşlangan çiqindilardan tozalandi.
“Boş prokuratura atrof-muhit muhofazasi, ayniqsa, obi-hayot - suvlarni ifloslantirişga qaratilgan harakatlarning oldini olişda barça yurtdoşlarimiz mas'ul ekanini eslatib, bu boradagi barçani ogohlikka çiqaradi. Aks holda, bundan xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikkaça bölgan huquqiy çoralar qöllaşga sabab bölişi mumkin”, - deyiladi xabarda.













