Namangan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi viloyatda koronavirusga çaliniş holati qayd etilişi bilan boğliq xabar yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinişiça, Namangan viloyatida 2020 yilning 24 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalgan hududlardan kelgan, ya'ni koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan şaxslar bilan muloqotda bölgani aniqlangan 30 kişi viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga karantin kuzatuvi uçun yotqizilgan va ularning barçasidan virusologiya laboratoriyasiga tekşiruv uçun namunalar olingan.

Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi virusologiya laboratoriyasi tahlil natijalariga köra, Namangan şahrida yaşovçi 1 nafar fuqarodan olingan namunalarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. 

«Olib borilgan epidemiologik suriştiruvlar jarayonida 1995 yilda tuğilgan uşbu fuqaro 2020 yil 12 mart kuni Istanbul-Toşkent TK-1368 reysi bilan Özbekistonga kelgan hamda 24 martgaça uy şaroitida tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy kuzatuvga olingani ma'lum böldi. Uşbu fuqaro tadbirkorlik uçun Turkiya davlatiga borib qaytgani aniqlandi», deyiladi Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda. 

Hozirgi kunda uşbu fuqaro bilan oilaviy va yaqin muloqotda bölgan 11 nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilib karantin kuzatuviga olindi. Şuningdek, u bilan ikkilamçi muloqotda bölgan 43 nafar fuqaro maxsus jihozlangan izolyatorlarga joylaştirilgan.

Hozirda ularning soğligi malakali mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borilmoqda. 

Yuqoridagi 54 kişidan virusologik tekşiruv uçun namunalar olingan, hozirda laboratoriya tahlillari davom ettirilmoqda. 

«Uşbu fuqaro bilan muloqotda bölganlarni aniqlaş böyiça epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda. Qöşimça ma'lumotlar taqdim etiladi. 

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari! Sizlarga televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali koronovirus tarqalişining oldini oliş böyiça doimiy tavsiyalar berib borilmoqda, biz sizlardan tibbiyot xodimlari tomonidan berilayotgan maslahatlarga, tavsiyalarga amal qilişingizni, zarurat bölmagan hollarda köçaga çiqmaslikni, özingiz va oila a'zolaringizda kasallikning biror alomati sezilganda xonadoningizga 103 telefon orqali tez tibbiy yordam şifokorlarini çaqirişingizni söraymiz», deydi viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi boş vraçi örinbosari Davlatali Qosimov.

Eslatib ötamiz, 25 mart kuni Namangan şahriga kiriş va şahardan çiqiş töxtatildi.