“Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi e'lon qilindi.

U Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” 2019 yil 30 dekabrdagi ÖRQ-599-son Qonuniga asosan işlab çiqilgan.

Bildirilişiça, Özbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi ÖRQ-599-son Qonuniga asosan, 2020 va 2021 yillar davomida yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amaliy ta'siri va samaradorligi doimiy ravişda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinişini ta'minlaş belgilangan.

Xayriya taşkilotlari tomonidan körsatiladigan xizmatlar uçun tölovlar ijtimoiy xarakterga ega bölib, asosan aholining muhtoj qatlamiga, şuningdek, kam ta'minlangan oilalar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari va boşqalarni qöllab quvvatlaş uçun yönaltiriladi, şu yönalişdagi munosabatlarda soliq solinişini tartibga soliş maqsadida “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi işlab çiqildi.

“Homiylik töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, homiylik (homiylik faoliyati) - yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik maqsadlarida boşqa yuridik va jismoniy şaxslarga mol-mulkni, şu jumladan, pul mablağlarini qaytarmaslik şarti bilan yoki imtiyozli şartlarda berişda, ular uçun işlar bajarişda, ularga xizmatlar körsatiş va ularni boşqaça şaklda qöllab-quvvatlaşda ifodalanadigan ixtiyoriy beğaraz yordami (faoliyati) hisoblanadi.

Şuni inobatga olib, bundan taşqari mamlakatda uşbu faoliyat turini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş maqsadida mazkur özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinişi Davlat budjetidan qöşimça moliyaviy xarajatlarni talab qilmasligi aytilgan.