Farg‘onada karantinga olingan shaxs uyiga qarindoshlarini mehmonga chaqirgan – Ichki ishlar vaziri
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning ma'lum qilishicha, 21 mart kuni Qozog‘istondan kelgani uchun Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi 34 yashar shaxs uyida karantinda saqlangan. U karantin talablarini mensimasdan 23 mart kuni uyiga qarindoshlarini mehmonga chaqirgani aniqlangan.

Foto: Ichki ishlar vazirligi
Vazirning qayd etishicha, ayrim fuqarolar o‘zi va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirib, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etmoqda. Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq 3649 ta holat aniqlangan. Xususan:
– Toshkent shahrida – 476 ta holat;
– Toshkent viloyatida – 259 ta holat;
– Jizzax viloyatida – 415 ta holat;
– Buxoro viloyatida – 276 ta holat;
– Samarqand viloyatida – 538 ta holat;
– Qashqadaryo viloyatida – 11 ta holat;
– Surxondaryo viloyatida – 221 ta holat;
– Xorazm viloyatida – 52 ta holat;
– Sirdaryo viloyatida – 53 ta holat;
– Farg‘ona viloyatida – 506 ta holat;
– Navoiy viloyatida – 104 ta holat;
– Namangan viloyatida – 281 ta holat;
– Andijon viloyatida – 316 ta holat;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 141 ta holatni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamon faoliyat yuritayotgani, odamlarning bir joyda to‘planishiga sabab bo‘layotgani aniqlangan. Jumladan, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi 25 yashar I.A. umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar joylar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, 24 mart kuni o‘ziga qarashli choyxonada 6 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotgani aniqlangan.
Shuningdek, Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yashovchi 32 yoshdagi A.J. hududiy profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan 24 mart kuni soat 20:30larda o‘ziga tegishli kafesida 3 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotgani aniqlangan.
Po‘lat Bobojonovning ta'kidlashicha, yuqoridagi va shu kabi boshqa holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llangan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
-
Hududlarda yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 13:48
-
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
Mavzuga oid

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

22:49 / 12.03.2025