Qayta taşkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligining birinçi örinbosari etib Ilhom Norqulov tayinlandi. U şu paytgaça Markaziy bank raisining birinçi örinbosari lavozimida mehnat qilib kelgan.
Ayni paytda Iqtisodiyot va sanoat vazirligidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligiga aylantirilgan idorada ikki nafar vazirning örinbosari tayinlanişi kutilmoqda. Şulardan biri Ilhom Norqulov böladi.
Ma'lumot uçun, Markaziy bankda Norqulov örniga raisning örinbosari Botir Zohidov tayinlangan.
Ilhom Norqulov 2018 yilning aprel oyidan Markaziy bank raisining örinbosari lavozimida işlagan, 2019 yil mayida Markaziy banki raisining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.













