Ta'kidlanişiça, vazirlikning özgartirilişi qarori bir qator omillarga boğliq, xususan iqtisodiyotni boşqarişning aniq va şaffof mexanizmini yaratiş zarurati, erkinlaştiriş va bozor munosabatalarini keng qabul qiliş şaroitida natijalarga e'tiborni qaratiş zarur. Mavjud muammolarni tezkor aniqlaş va hal qiliş uçun barça tegişli tuzilmalar faoliyatida birlikni ta'minlaydigan zamonaviy institutsional tizimni şakllantiriş talab etiladi.

Vazirlik axborot xizmat tarqatgan xabarga köra, yangi tuzilmaning asosiy vazifalari 10 asosiy yönalişni qamrab oladi:

  •  makroiqtisodiy siyosatni işlab çiqiş, muvofiqlaştiriş va amalga oşiriş;
  •  qaşşoqlikni kamaytiriş;
  •  hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi;
  •  tadbirkorlikni rivojlantiriş;
  •  ustuvor tarmoqlarni rivojlantiriş va yagona sanoat siyosatini yuritiş;
  •  davlat iştirokidagi korxonalarni özgartiriş;
  •  davlat investitsiya siyosatini şakllantiriş va amalga oşiriş;
  •  infratuzilmani rivojlantiriş va urbanizatsiya siyosatini amalga oşiriş;
  •  işbilarmonlik muhiti va mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeini yaxşilaş;
  •  jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştiriş.

Bildirilişiça, keyingi oy davomida, vazirlik tomonidan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda barça vatandoşlarning yaşaş şaroiti va ijtimoiy holatini örganişadi. Şundan kelib çiqqan holda, ular aholining ijtimoiy zaif qatlami vakillarining boşlanğiç röyxatlari va fuqarolar yiğinlarining pasportlarini şakllantirişadi. 

Joriy yilda vazirlik kambağallikni kamaytiriş çora-tadbirlarini moliyalaştiriş uçun 100 milliard söm ajratadi. Uşbu maqsadlar uçun zarur mablağlar keyinçalik budjetda aks ettiriladi.

Kambağal va işsizlarni, ayniqsa ayollar va yoşlarni tadbirkorlikka jalb qiliş, ularning mehnat faolligi va kasbiy tayyorgarligini oşiriş böyiça hukumat qarori loyihasini tayyorlaş uçun bir oy vaqt berildi.

Ikki oy içida davlat zaxiralarini boşqariş tizimi va narxlarning keskin kötarilişining oldini oliş mexanizmlarini tubdan takomillaştiriş töğrisida Prezident qarori loyihasi taqdim etilişi kerak.

Şunigdek, 1 oktabrgaça, vazirlik boşqa idoralar bilan birgalikda muhokama uçun törtta muhim hujjatni taqdim etadi: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş konsepsiyasi va Özbekiston Respublikasining 2030 yilgaça sanoatni rivojlantiriş strategiyasi, qaşşoqlikni kamaytiriş dasturi, şuningdek, davlat rahbarining eng kam iste'mol savati va eng kam iş haqi miqdorini joriy etiş töğrisidagi farmoni loyihasi.