Bu haqda 26 mart kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligida ötkazilgan yiğilişda ma'lum qilindi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, qayta taşkil etilgan vazirlikni Jamşid Qöçqorov boşqarişda davom etişi kutilmoqda.

Qöçqorov 25 fevral kuni Boş vazirning moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça örinbosari – Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlangandi.

U 2017 yil noyabrida Moliya vaziri etib tayinlangan, 2019 yil fevralidan Boş vazir örinbosari — Moliya vaziri sifatida işlab kelayotgan edi.

Jamşid Qöçqorov Özbekistonda Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasini şakllantirişda asosiy mas'ullardan biri hisoblanadi.