Nizomga köra, mehnat ta'tili karantin davrida boğçalar va maktablar faoliyati töxtatilgan davrda boğça tarbiyalanuvçisining va maktablar 1-4-sinf öquvçilarining ota-ona (ularning örnini bosuvçi şaxs, vasiy, homiy)siga beriladi.

Bunda, ta'til xodimning xohişiga köra, ta'tillar jadvalidan qat'i nazar beriladi (birinçi iş yili uçun 6 oy işlagan böliş şart emas).

«Huquqiy axborot» kanali xabariga köra, agar xodim boğça yoki maktab faoliyati töxtatilişidan oldin mehnat ta'tilini olgan bölsa yoki mehnat ta'tili olişni xohlamasa uning roziligi bilan quyidagilar amalga oşirilişi mumkin:

  • masofaviy iş usuli, moslaşuvçan iş grafigi yoki uyda işlaşga vaqtinça ötkaziş;
  • iş haqi saqlanmagan ta'til beriş.

Iş beruvçi xodimdan mehnat ta'tiliga çiqişi haqida ariza olgan kuni ta'tilning boşlanişi va tugaş sanasini körsatgan holda buyruq çiqaradi.

Ta'lim muassasalarida karantin davom etişi munosabati bilan mehnat ta'tili tugagan kun işga çiqişni iloji bölmaganda, xodim iş beruvçi nomiga quyidagi mazmundagi arizani yuboradi:

  • muddati va boşlaniş sanasi körsatilgan iş haqi saqlanmagan ta'til oliş böyiça;
  • masofaviy iş usuli, moslaşuvçan iş grafigida yoki uyda işlaşga vaqtinça ötkaziş böyiça.

Iş beruvçi xodimga arizasida körsatilgan sanadan boşlab iş haqi saqlanmagan ta'til berişga majbur, Mehnat kodeksida belgilangan maksimal muddat böyiça çeklovlar karantin davrida tatbiq qilinmaydi.