Ramos – öynayotgan afsona. Eng yaxşi ta'rif şu. Yana bir ta'rif borki, Serxioning özi bizga aytib beradi:
“Ön beş yoşimdan beri “Sevilya”daman. Tört yil ötgaç, bor-yöği 19 yoşimda meni terma jamoaga çaqirişdi. Maşğulotlaridan biriga borar ekanman, odatiy yumuşlarimni qildim: sumkamda ehtiyojimga kerak matohlar, butsa va formam. Çunki terma jamoa maşğulotidan yo öyinidan söng uyga qaytasan, bu narsalarni özing bilan olib yurişing kerak. 

Öşa kuni men uyga qaytmadim. Balki Las Rosasda soat 23:30da şartnomaga qöl qöydim. Transfer oinasi yopilişiga yarim soat qolgandi. Şartnomaning pastki qismiga qöl qöyar ekanman, bunga öşa payti işonolmasdim. Ha, ha, öşa kuni telefonim smslarga tölib ketdi. Hayotim davomida eng köp sms qabul qilgan kunim edi. 

Bu imzoning ostida oldinga taşlangan katta qadam va oğir mas'uliyat yotardi. Hozir men yana öşa ğör davrimga qaytib qolsam ham, şu işga takror qöl urardim. 

Tasavvur qiliş qiyin, “Sevilya” öyinçisi bölib uyquga yotasan, “Real” öyinçisi bölib uyğonasan. Dahşatku! Va ertalab bir jamoaga borişingni-da bilasanki, u yerdagi kiyim almaştiriş xonasida seni Raul, Bekhem, Zizu, Iker, Roberto Karlos, Ronaldo kabi yulduzlar kutib oladi. Axir, ularning bari mening kumirlarim-ku. 12 soatdan söng ular bilan bir xonadasan. Dahşatku bu!
Dunyo ostin-ustun bölib ketgandek tuyulardi menga!”

Zör izohlar, a? Ha, Ramosning gaplarida samimiyat bor. Öşa ğörlik davrini samimiy eslay olgan. Lekin bugun u şunday darajaga çiqdiki, Qirollik klubiga keladigan har qanday yoş bolakayning xayolidan endi  Serxio nomi birinçi bölib eslanadigan röyxat tuziladi. Böldi. Ertak şunday böladi. “Atletiko” darvozasiga sönggi soniyalarda urgan goli kabi tugaydi va boşqaçasi Ramos kabi afsonaviy yulduzga yaraşmaydi ham.

Darvoqe, “Atletiko” darvozasiga urilgan golidan sönggi gapini eslang: "Endi xotirjam ölsam bölaveradi!"

Xayrulla Hamidov