Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, transport harakati uchun maxsus ruxsatnoma berishning yangi tartibi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, birinchi navbatda tibbiyot xodimlari o‘z mashinalarida stikersiz yurishiga ruxsat berilgan.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlari tegishli tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi.

Shuningdek, quyidagi tashkilotlar xodimlari mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanishi mumkin:.

Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.

Fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tan jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari;

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga (o‘zlarining ro‘yxatdan o‘tgan ma’muriy hududi doirasida va yo‘lovchilarsiz faqat yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish maqsadida. Inson hayotiga xavf tug‘diradigan holatlarda va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiyot muolajalarni olayotgan bemor yo‘lovchilarni tashish mumkin;

Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar (gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, sovuq suv, suv oqava, chiqindi)ning xizmat avtotransport vositalari.

Quyidagi tashkilotlarning mas’ul xodimlariga xizmat vazifasini bajarishda tegishli shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishga ushbu tashkilotlar tomonidan ruxsat beriladi (ofitser tarkibidagi xodimlarga ruxsat talab qilinmaydi). Ruxsatnomada avtotransport vositasining belgilari ko‘rsatiladi. Mazkur ruxsatnoma xizmat (harbiy) guvohnomasi bilan ko‘rsatilganda haqiqiy hisoblanadi: