Farg‘onada karantin qoidalarini buzib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga uringan shaxsga jazo tayinlandi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan karantin qoidalarini qasddan buzish holatlari hamon davom etmoqda.
29 mart kuni Farg‘ona shahridagi dehqon bozorida Farg‘ona shahrida yashovchi X.M. karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi sharoitida ichki ishlar organlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan tartibsizlik keltirib chiqarishga uringan.
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berishicha, X.M. bozor hududida fuqarolarga tushuntirish berayotgan profilaktika inspektori M.Kazakov va boshqa xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaslikka da'vat qilib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga harakat qilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari o‘z xizmat burchlarini bajarishiga qarshilik ko‘rsatgan. Karantin sharoitida barcha uchun majburiy amal qilayotgan yuzga niqob taqish tartibiga ham amal qilmagan.
«Yakunda ushbu fuqaroga nisbatan zarur hujjatlar to‘planib, Farg‘ona shahar ma'muriy sudiga yuborildi.
Sud fuqaro X.M.ni Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 54 va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, besh sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinladi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronga havo zarbalari «Mossad»ning dushman mudofaasini bostirishga qaratilgan maxfiy operatsiyasi bilan birga amalga oshirilgan
Jahon | 21:24
-
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?
O‘zbekiston | 21:10
-
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:16
-
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri
O‘zbekiston | 19:48
Mavzuga oid

13:57
Farg‘onada 45 yoshli erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib qo‘ydi

09:22 / 08.06.2025
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025