Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi tarixida ilk bor mahsulotlarni bir oydan ortiq muddatda keçiktirgan holda yetkazib beriş imkoniyatini beruvçi forvard savdolari ötkazila boşladi.
2020 yil 1 aprelda ötkazilgan elektron birja savdolariga köra şakar böyiça 27,5 mlrd sömlik dastlabki forvard şartnomasi tuzildi. Mazkur şartnoma şartlariga muvofiq mahsulotni yetkazib beriş muddati 60 kunni taşkil etadi.
Birjada forvard savdolarini taşkillaştirişdan közlangan asosiy maqsad bu mahalliy tadbirkorlar va fermerlar uçun tovarlar uçun oldindan tölovlarni amalga oşiriş va narxlar özgaruvçanligidan himoya qiliş orqali qulay şaroitlarni yaratib berişdan iboratdir.
Xususan, uşbu mexanizm bir tomonidan kelajakda yetkaziladigan tovar uçun narxlarni oldingan belgilab oliş, ikkinçi tomondan mahsulotlar uçun tölovlarni oldindan oliş imkonini beradi. Forvard bitimlari tovar işlab çiqaruvçilar uçun töğri prognozlaş va öz faoliyatini yanada samarali rejalaştiriş imkoniyatini taqdim etadi.
Yangi mexanizm UZEX birjasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi «Ğalla yetiştirişga davlat buyurtmasi bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilişini taşkil etiş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar» PQ-4634-son qarori va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi «Tovar xomaşyo birjalari faoliyatiga ilğor axborot texnologiyalarini keng joriy etiş va elektron tijorat faoliyatini izçil rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 170-son qaroriga muvofiq joriy etildi.
Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi keyinçalik ham forvard şartnomalarini boşqa tovar bozorlarida joriy etiş işlarini davom ettiradi.
Ma'lumot uçun: Forvard şartnomasi – muddatli şartnoma bölib, unga köra sotilayotgan tovar uçun narx şartnoma tuzilgan kunda belgilanadi, tovarni yetkazib berilişi esa belgilangan muddatda kelajakda amalga oşiriladi.
«ÖzRTXB» AJ PR bölimi












