Tibbiy niqob ishlab chiqarish hajmi keyingi hafta 5 mln donaga yetkaziladi – «O‘zto‘qimachiliksanoat»
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov respublika bo‘yicha tibbiy niqob ishlab chiqarish hajmi oshganini ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ
«Juda qisqa muddatda «himoya vositalari» ishlab chiqarilishi bir necha barobar oshdi: fevral oyida bor-yo‘g‘i 20ga yaqin korxona ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirda ishlab chiqarish quvvatlari 10 barobarga oshib, himoya niqoblarini ishlab chiqarish quvvatlari respublika bo‘yicha 200 mingdan 2,5 millionga yetkazildi va keyingi hafta ichida ular 5 millionga yetkaziladi. Shuningdek, 12 mingdan ortiq himoya xalatlari (kombinezon) ishlab chiqarilmoqda.
Ayni vaqtda respublika to‘qimachilik korxonalari tomonidan asosan 3 turdagi tibbiyot niqoblari ishlab chiqarilmoqda: 3-4 qavatli spanbond, dokali va trikotaj niqoblar. Bugungi kunda tarmoq korxonalari tomonidan yetarli hajmlarda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish quvvatlari yaratilgan bo‘lib, asosiy xomashyo sifatida spanbond, meltblaun, tibbiy doka, trikotaj matolar kabi xomashyodan ishlab chiqarish tashkil etilgan. Tibbiy himoya niqoblari ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan spanbond xomashyosi o‘zlashtirilib, Yangiyo‘l tumanida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda himoya niqoblari narx-navolari bo‘yicha muntazam ravishda monitoring o‘rnatilib, ishlab chiqarilayotgan shaxsiy himoya vositalarining ulgurji narxi foydalanilgan xomashyodan kelib chiqib, xususan, spandbon asosidagi niqoblar 800-2100 so‘m, dokadan tayyorlangan niqoblar 1000-1500 so‘m, trikotaj matosidan tayyorlangan niqoblar 1500-1700 so‘m miqdorida shakllantirilgan», deya axborot berdi Haydarov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Ilhom Haydarov tibbiy niqoblar virusdan himoyalanishga yaroqli ekanini qayd etdi.
«Niqoblar mahalliy xomashyodan - doka (marlya), trikotaj matolaridan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday niqoblar gigiyenik va sifat sertifikatlariga ega. Shuningdek, respublikada tibbiy niqoblarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ayrim turdagi xomashyolar ishlab chiqarilishi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu quvvatlarni oshirish borasida ham ishlar olib borilmoqda.
Ishlab chiqarilgan niqoblar barchasi gigiyenik bo‘lib, to‘g‘ri ishlatilgandagina o‘z samarasini beradi. Misol uchun, dokali niqoblar Rossiya Federatsiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sinovdan o‘tkazilgan hamda virusga qarshi himoya vositasi sifatida ishlab chiqarilishi davlat ichida kengaytirilgan.
To‘qimachilik korxonalari xomashyo bilan ta'minlash bo‘yicha Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi bilan birgalikda niqoblarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan spanbond xomashyosini O‘zbekistonga charter reyslar orqali import qilish bo‘yicha ishlar olib borilyapti va tez kunlarda xomashyo O‘zbekistonga yetkaziladi», deya axborot berdi Haydarov.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoda besh yillik sulh va garovga olinganlarni birato‘la ozod qilishga tayyor
Jahon | 20:03
-
Tramp Putinni to‘xtatolmadi, Osiyoda yangi urush xavotiri – hafta dayjesti
Jahon | 19:58
-
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42
-
Rossiyada ota-onasi YTHda vafot etgan 11 yoshli bola O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 18:57
Mavzuga oid

19:00 / 02.09.2024
O‘zbekiston ilk bor yirik to‘qimachilik va moda sanoati tadbiriga mezbonlik qiladi

22:14 / 17.07.2024
Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

21:58 / 18.03.2024
Uchta uyushma raislari o‘zgardi

18:19 / 09.02.2024