
Ravşan Rahimjonov 4 aprel kuni bölib ötgan Xalq deputatlari Quvasoy şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida şaharning yangi rahbari etib tasdiqlangan.
U bu lavozimda 2011 yildan buyon işlab kelgan, endilikda viloyatning boşqa bir şahri - Marğilonga rahbar etib tayinlangan Adhamjon Ziyovuddinov örnida iş boşlaydi.
Endilikda Marğilon şahrining sobiq hokimi Mirzohid Mirodiloviç Ubaydullayev Farğona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimini egallaşi kutilmoqda.
Öz navbatida viloyat hokimining birinçi örinbosari Farhod Murodoviç Toşpölatov boşqa lavozimda iş boşlaşi kutilmoqda.
Sayt manbasining xabar berişiça, Farğona viloyati Danğara tumanida ham hokim almaşişi kutilmoqda. Ma'lumot uçun, hozirda tumanda Anvar Aliyeviç Abdullayev hokim hisoblanadi.







