Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir.

Vazir «O‘zbekiston 24» telekanalidagi chiqishida ma'lum qilishicha, bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. Shundan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda. O‘ta og‘ir ahvoldagi ikki bemor sun'iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Bemorlarning yosh jihatidan tasnifi quyidagicha:  

0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6 foiz);
10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8 foiz);
20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1 foiz);
30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5 foiz);
40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5 foiz);
50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3 foiz);
60-69 yoshgacha – 17 (4,4 foiz);
70-79 yoshgacha – 6 (1,5 foiz);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3 foiz)ni tashkil etmoqda.