Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Mustaqilligining 35 yilligi şarafiga afv töğrisidagi farmonni imzoladi.
“Özbekiston 24” telekanali xabariga köra, jinoyatlaridan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga ötgan 852 nafar jazoni ötayotgan şaxs afv etilgan.
Ulardan 604 nafari qamoqdan töliq ozod qilinmoqda, 115 nafari şartli ravişda ozod qilinmoqda. 52 kişining jazo muddati yengillaştirilgan, 81 kişining qamoq muddati qisqartirilgan.
Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi va taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida iştirok etgan 63 nafar şaxs bor.
Afv etilganlarning 375 nafari yoşlar, 49 nafari ayollar, 37 nafari 60 yoşdan oşgan erkaklardir.

Qayd etilişiça, 2017-yildan beri prezident Şavkat Mirziyoyev imzolagan 31 ta farmon asosida jami 10 567 nafar jazo ötayotgan şaxs afv etilgan.












