Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining “Dunyoda hamşiralik işining holati” ma'ruzasida aytib ötilgan.

“Dunyoda hamşiralik xizmatining 28 mlnga yaqin işçisi bor. 2013 yildan 2016 yilgaça ularning soni 4,7 mln nafarga oşdi. Biroq butun dunyoda hamşiralar taqçilligi saqlanib qolmoqda va u 5,9 mlnni taşkil qiladi”, deb ta'kidlab ötgan JSST. 

Ta'kidlanişiça, hamşiralar taqçilligi Afrika, Janubi-Şarqiy Osiyo, Şarqiy Örta yer dengizi mintaqasi va Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida kuçli seziladi. Hamşiralar taqçilligining 89 foizi (5,3 mln) daromadi örtaçadan past davlatlarga töğri keladi.

Ta'kidlanişiça, Yevropada va Şimoliy hamda Janubiy Amerika davlatlarida hamşiralarning örtaça yoşi boşqa davlatlardagi tibbiy xodimlarning yoşidan ança kattaroqni taşkil qiladi. Bu davlatlarda yoş mutaxassislarning kelişini ta'minlaş va “xodimlarni sohada uşlab qoliş böyiça çoralarni kuçaytiriş” tavsiya qilingan. Mutaxassislar, şuningdek, uşbu kasbda “katta gender disbalans” mavjudligini, unda faoliyat yuritayotganlarning 90 foizi ayollar ekanini qayd qilib ötişgan. Biroq şunga qaramay, ayollar “soğliqni saqlaş tizimida juda kam holatlarda rahbarlik lavozimlarini egallaydilar”.    

Mutaxassislarning tavsiyasiga köra, hamşiralar yetişmasligining oldini oliş uçun bu muammoga töqnaş keluvçi davlatlar uşbu sohadagi bitiruvçilar sonini örtaça 8 foizga oşirişi va bu bilan bir qatorda ular uçun iş örinlari taşkil etişlari lozim böladi. Bu bilan boğliq xarajatlar aholi jon boşiga yiliga 10 dollarni taşkil qiladi. 

Uşbu ma'ruza ilk bor e'lon qilinmoqda. Uning çiqarilişi 7 aprelda nişonlanuvçi Jahon salomatlik kuniga atalgan. JSST 2020 yilni Xalqaro hamşiralik va akuşerlik xizmatlari işçilari yili deb e'lon qildi. Şu sababli joriy yilda Salomatlik kunining şiori “Hamşiralar va akuşerlarni qöllab-quvvatlaymiz” deb yangraydi.