Mutaxassislar World Car of the Year-2020 tanloviga yakun yasaşdi. Tanlovning boş mukofotini 2019 yil boşida çiqarilgan Kia Telluride krossoveri qölga kiritdi.
Unga Mazda CX-30 va Mazda3 modellari raqobatçilik qilgan.
“Yil şahar avtomobili” yönalişida Kia Soul EV elektrokari ğolib bölgan, eng yaxşi dizayn uçun mukofot Mazda3’ga topşirilgan.
Porsche Taycan birvarakay ikkita – “Yil sportkari” va “Yil premial avtomobili” yönalişlarida ğolib deb topilgan.
Tanlov ğoliblari 10 aprelda boşlanişi kerak bölgan Nyu-York avtosalonida e'lon qilinişi kerak edi, biroq avtomobil körgazmasi koronavirus pandemiyasi sababli avgust oxiriga qoldirildi.












