Bugun, 10 aprel kuni Xalq deputatlari Ğuzor tumani kengaşi yiğilişi bölib ötdi. Viloyat sektor rahbarlari iştirok etgan yiğilişda taşkiliy masalalar körilgan.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berişiça, Ğuzor tumani hokimi Sa'dulla Boboqulov öz arizasiga köra egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
«Fidoyi xizmatlari uçun viloyat hokimi Z.Mirzayev S.Boboqulovga rahmat aytib, salomatligini tiklab, tez orada safimizga qaytişiga tilak bildirdi», deyiladi xabarda.

Ğuzor tumani prokurori lavozimida işlab kelgan Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.
Eslatib ötamiz, 2019 yil noyabrida Sa'dulla Boboqulovga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan saylovga tayyorgarlik körişda közböyamaçilikka yöl qöygani uçun hayfsan berilgandi. Keyinroq 2020 yil yanvarida ham viloyat hokimi Ğuzor tumani hokimini odamlar bilan muloqot qilişni bilmaslikda ayblagandi.
Mart oyida internetda Sa'dulla Boboqulov bilan boğliq audio tarqalgandi. Unda telefon orqali muloqot vaqtida tuman hokimi Fuqarolik işlari böyiça Ğuzor tumanlararo sudining raisi Sattor Aqanovni mulozamat körsatmaganlikda ayblaydi.
Boboqulov «Hozir gaplaşişga vaqtingiz yöqmi, qaçon vaqtingiz böladi», deydi. Sudya hokimga qabuliga kelişi mumkinligini bildiradi. Hokim, aksinça, sudya uning qabuliga kelişi lozimligini talab qiladi.
Mazkur voqea xususida «Daryo» muxbiri bilan suhbatlaşgan Ğuzor tumani hokimi Sa'dulla Boboqulov sud raisini xalq deputatlari tuman kengaşi sessiyasiga çaqirmoqçi bölib qönğiroq qilganini









