Joriy yilning 22 mart kuni Kun.uz saytida «Yakuniga yetkazilmagan islohot yuki yunusobodliklarning çöntagiga tuşmoqda» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Unda butun respublika aholisi elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun bir xil tarifda pul tölayotgan bir paytda, Yunusobod tumani aholisi limitdan ortiqça işlatgan energiya resurslari uçun 20 foiz qimmat narxlarda tölov qilayotgani haqida söz yuritilgandi.

Mazkur maqoladan söng Özbekiston Respublikasi Energetik vazirligi Yunusobod tumanida joriy qilingan bu tartibni bekor qilişga doir çoralar boşlaganini ma'lum qildi.

Jumladan, Energetika vazirligining munosabatida karantin bilan boğliq vaziyatni, ya'ni aholining köpçilik qismi öz vaqtini uy şaroitida ötkazişini hisobga olgan holda, vazirlik tomonidan Adliya vazirligi va Moliya vazirligiga uşbu tajriba bekor qilinişini sörab, murojaatnoma yuborilgani aytildi. 

Biroq, Kun.uz’ga kelib tuşgan ma'lumotga köra, Yunusobod tumani aholisi foydalanilgan tabiiy gaz va elektr energiyasining limitdan oşgan qismi uçun belgilangan tarifga nisbatan 1,2 barobar haq tölaş tartibi bekor qilinmagan.

Bu haqida fuqaro J.Eşboyevning prezidentga yöllagan murojaatiga MIBning Yunusobod tuman bölimi tomonidan berilgan javob xatida bayon etilgan.

Tahririyat fuqaro J.Eşboyev bilan boğlanib, ayni kundagi vaziyat va ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan qiziqdi.

«Tabiiy gaz va elektr energiyasi uçun limit belgilab qöyilişi köp qavatli uylarda yaşovçi xonadonlarda bilinmasligi mumkin. Çunki aksariyat hollarda köp qavatli turar joylar davlat tomonidan isitiladi. Lekin biz kabi hovlida yaşovçi aholiga bu tarzda limit belgilanişi adolatsizlik hisoblanadi.

Ijtimoiy tenglik buzilmoqda, qolaversa bu kabi çeklov faqat Yunusobod tumanining özi uçun belgilangani ikki hissa kamsitiş bölmoqda. Uy-joyimizni gaz va elektr energiyasi bilan isitamiz, tabiiyki arzimagan limit oyning öninçi kuniga bormasdan tugab böladi, u yoğiga 20 foiz oşirilgan narxlarda tölaymiz. Bu ayniqsa karantin sabab barça oila-a'zolarimiz uyda bölgan vaqtda jiddiy sezilmoqda.