Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gender komissiyasi ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida Kun.uz`ga Gender komissiyasi ma'lum qildi.
Foto: iStock
Karantin davri ko‘plab oilalar uchun jiddiy sinov payti bo‘lmoqda. Shu kunlarda dunyo mamlakatlarida oilaviy nizolar va ajrimlar soni ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Bunday vaziyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash komissiyasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA), Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda joriy yilning 10 aprelidan “Ishonch telefoni” xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda opa-singillarimiz o‘z qo‘ng‘iroqlariga +99897 137 26 26 telefoni orqali huquqshunosdan, +998 97 137 27 27 telefonidan ruhshunosdan, +99897 137 24 24 telefoni orqali “Ishonch telefoni” operatoridan oilada huquqbuzarlikni oldini olish masalalari bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin. Ayollar barcha savollariga mutaxassislardan batafsil javob oladilar.
“Ishonch telefoni” xizmati uch oy davomida faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
10:02 / 08.07.2024
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
16:02 / 09.09.2023
Ko‘pxotinlilik targ‘iboti uchun javobgarlik: qonunchilikda yangi o‘zgartirishlarga nima sabab bo‘ldi?
20:21 / 01.06.2023
XMT hamkorlari O‘zbekistondagi gender tengsizligi va kamsitishning asosiy sabablarini bartaraf etadi
15:00 / 26.08.2022