“2019 yil 28 noyabrda qabul qilingan “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmonida kam ta'minlangan va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölganlarga ipoteka krediti böyiça dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplaş uçun davlat budjeti mablağlari hisobidan subsidiyalar tölanişi belgilangan edi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qarori bilan ayrim şaxslarga uy-joy sotib olişda (ipoteka kreditlari tölovi uçun) subsidiyalar tölaş tartibi belgilandi.

Subsidiyalar – daromadi yuqori bölmagan, uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj bölgan oilalar, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan yoşlar va şu toifadagi boşqa şaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olişlari uçun boşlanğiç badal yoki kredit foiz tölovlarining bir qismini qoplab beriş maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablağlardir.

Hukumat qaroriga köra, 18 yoşga tölgan Özbekiston fuqarolari (fuqaro mehnat migranti bölganda uning nomidan oila a'zolari ham ariza berişi mumkin) uy-joy sotib olişda boşlanğiç badal yoki kredit foizini bir qismini qoplaş böyiça subsidiyalar oliş yuzasidan yilning 1 martidan 1 oktyabriga qadar Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali ariza berişlari mumkin”, dedi Sevara Zokirova.

Uning aytişiça, ariza beriş jarayonida quyidagi ma'lumotlar taqdim etiladi:

– jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumotlari;

– oila a'zolarining şaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumotlari

va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (töliq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) bölganda) va farzandlarining tuğilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan bölsa) nusxasi;

– nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi töğrisidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati töğrisida FHDYo organlari arxividan ma'lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);

– turar-joyining kadastr raqami va turiga tegişli ma'lumotlar;

– turar-joyining uy daftarining yoki kvartira kartoçkasining (17-şakl böyiça) nusxalari;