12 aprel kuni soat 06:43da Kattaqörğon şahri, «Gözalkent» mahallasi, Bobur köçasida joylaşgan ikki qavatli uylarning birida havo gaz aralaşmasi çaqnaşi natijasida çaqnaş sodir bölgan.

Portlaş oqibatida ikki qavatli binoning bitta pod'yezdi qulab tuşgan.

«Çaqnaş oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi, beş nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan Kattaqörğon şahar tibbiyot birlaşmasiga joylaştirildi», deyiladi Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati, Kattaqörğon şahar IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.