Uning sözlariga köra, bu fond koronavirusga qarşi kuraş zaruratidan, ya'ni yaqinda taşkil etilgani yöq. «Mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondi bir neça yillardan buyon aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj, yakka-yolğiz, nogiron qatlamlarini qöllab-quvvatlab kelmoqda.
«Har yilgi xarajatlar smetasi bir neça milliard sömni taşkil qiladi. Aynan koronavirusga qarşi kuraş doirasida bu fondga e'tibor kuçayib, uning ahamiyati keskin oşib ketdi», – deydi Asrol Mirzahmedov.
Fond raisiga köra, homiylik hisobidan şakllangan mablağlarni sarflaşning vaqtinçalik tartibi quyidagiça:
- Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam körsatiş uçun tegişli tibbiyot muassasalariga dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boşqa sarflaş vositalarini sotib olişga;
- Koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilingan davolaş-profilaktika muassasalarida dezinfeksiya tadbirlarini amalga oşiriş uçun dezinfeksiyalovçi vosita va asbob-uskunalarni, şuningdek, tibbiyot asbob-uskunalari va maxsus transport vositalarini sotib olişga;
- Koronavirus infeksiyasi tarqalişini oldini oliş, profilaktika va tarğibot işlariga;
- Tibbiyot muassasalarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaşga;
- Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va boşqa yönalişlar xodimlarini moddiy rağbatlantirişga mablağlar yönaltiriladi.
Asrol Mirzahmedovning sözlariga köra, fondga qisqa vaqt davomida hayratlanarli darajada mablağ kelib tuşgan.
«10 aprel holatiga köra, turli taşkilotlar va jismoniy şaxslardan fondi hisob raqamiga 57 milliard 613 million sömdan ortiqroq miqdorda mablağ kelib tuşdi.
Aynan jismoniy şaxslarning özi 2 milliard 370 million sömdan köproq homiylik qildi. Bu ham yurtdoşlarimizning mavjud vaziyatga befarq emasliklari, saxovatini körsatib turibdi. Birgina 10 aprel sanasining özida qariyb 1,5 milliard söm homiylik mablaği kelib tuşdi.
Xarajatlarga kelsak, 10 aprel kuniga qadar yuqorida körsatilgan maqsadlar uçun 5 milliard 767 milliondan köproq mablağ sarflandi








