Hujjat bilan, tuman (şahar) hokimliklari tomonidan ikki kun muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi qaror qabul qilinişini ta'minlaş belgilandi: 

  • qişloq xöjaligi ekin turlarini va yetiştiriladigan mahsulotlar prognoz körsatkiçlarini mahalla fuqarolar yiğini kesimida belgilaş;
  • “Tomorqa xizmati” MÇJlar tomonidan aholiga moddiy-texnik resurslar, birinçi navbatda, uruğlik, yoqilği-moylaş mahsulotlari va mineral öğitlarni tizimli yetkazib beriş;
  • suv ta'minoti oğir aholi punktlarida dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga suğoriş quduqlari qazib beriş;
  • Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi va Davlat soliq qömitasining tuman (şahar) bölinmalari mas'ul xodimlaridan iborat tarkibda tuman işçi guruhlarini şakllantiriş hamda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarida bahorgi (ertaki) ekinlar ekişni taşkil etiş;
  • mahalla fuqarolar yiğinlari va keng jamoatçilik bilan birgalikda tomorqadan samarasiz foydalanayotgan tomorqa yer egalarini ogohlantiriş, ogohlantirişdan keyin ham ekin ekmagan tomorqa yer egasiga yer soliğini oşirilgan stavkada qöllaş.

Qarorda belgilanişiça, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi:

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Asaka, Angor, Jarqörğon, Zangiota, Kitob, Namangan, Oltinköl, Oltiariq, Samarqand, Toyloq, Uyçi, Quva va Yangiyöl tumanlarining tomorqa yer uçastkasidan bir yilda ikki-uç marotaba hosil yetiştiriş va yuqori daromad oliş tajribasini namuna sifatida respublikaning boşqa hududlariga joriy qiliş çoralarini köradi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi 2020-2021 yillarda suv ta'minoti oğir, iste'molga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli bölgan aholi punktlari hududlaridagi tomorqa yer uçastkalariga suv yetkazib beriş maqsadida suğoriş quduqlarini qazişning manzilli dasturiga muvofiq suğoriş quduqlarini burğulaş uçun quduqlarni qaziş loyihalariga ekologik ekspertiza xulosalari bepul va öz vaqtida berilişini hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi gidrogeologik xulosalarning soddalaştirilgan tartib asosida bepul berilişini ta'minlaydi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tuman (şahar)lar hokimliklari:

  • dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarini meva-sabzavotçilik klasterlari va kooperatsiyalariga ixtiyoriy asosda biriktiradi;