Uni 2019/2020 öquv yilida bölgan miqdorda – 100 kişi, mavjud yönalişlardan har biri: «Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi», «Yadroviy fizika va texnologiyalar», «Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi», «Elektr energetikasi va elektrotexnika» uçun 25 nafardan qoldiriş taklif etilmoqda.
Norma’ning yozişiça, Davlat test markazi abituriyentlarning qabul jarayonini, Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi esa kiriş sinovlarini videotasvirga oliş va töğridan-töğri translatsiyasini taşkil etişni ta'minlaydi. Kiriş sinovlarini ötkaziş joyi ijarasi uçun tölovlar «Özatom» agentligining Atom energetikasini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, Toşkentda «MMFI» MTYaU filialini oçiş töğrisidagi qaror 2018 yil iyul oyida qabul qilingan. Oliy ta'lim muassasasi Özbekiston atom sohasi uçun kadrlar tayyorlaşda tayanç dargoh böladi. Kelgusida filialda bakalavrlar tayyorlaş yönalişlarini kengaytiriş va magistratura oçiş rejalaştirilmoqda.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.
«MMFI» filialiga qabul kvotalari özgartirilmaydi
19:32 / 15.04.20206 5322 min
«MMFI» MTYaUning Toşkentdagi filialiga 2020/2021 öquv yili uçun qabul kvotalari belgilangan loyiha muhokama uçun joylaştirildi













