Yangilangan CLICK Evolution ilovasida Siri, avtotölovlar, «Döstingiz yordami» va boşqa funksiyalar mavjud.
CLICK muntazam ravişda foydalanuvçilarning istaklarini örganib boradi va özining CLICK Evolution ilovasida har bir yangilaniş bilan qiziqarli yeçimlarni taqdim etişga harakat qiladi. Bu safar CLICK öz misolida özini izolyatsiya qiliş qoidalariga rioya qiliş qançalik muhimligini körsatib berib, logotipini karantin davrida özgartirdi. Ilovani yangilaganingizdan söng, siz CLICK-ni niqobda körasiz. Va foydalanuvçilarni bir qator ajoyib yangi «fişka»lar kutmoqda.
Yangilangan ilovaning sönggi qiziqarli «fişka»lari:
1. Siri bilan integratsiya. Endilikda siz Siri-ga körsatilgan buyruqlar bilan murojaat qilişingiz mumkin, u esa ilovada kerakli bölimni oçişga yordam beradi – «Tölov», «Pul ötkazmalari», «CLICK PASS», «QR- Skaner».

Ovozli buyruq juda köp afzalliklarga ega. Iste'molçilar hattoki eng oddiy grafik interfeyslarni özlaştirişlariga ham hojat qolmaydi. Avtomobil haydaş vaqtida yoki oşxonada qöllaringiz bandligida ovozli buyruq berişingiz mumkin. Köriş qobiliyati past odamlar uçun qulay. Oddiy suhbatdan yana nima osonroq bölişi mumkin?
2. «Avtotölovlar» xizmati qöşildi, u esa, öz navbatida, 2 turga bölinadi:
- Rejalaştirilgan avtotölov – ta'minotçiga har oy yoki haftada ma'lum bir sanada körsatilgan miqdorda tölovlarni amalga oşiriş uçun işlatiladi.
Masalan, har oyning sönggi kunida (CLICKning özi buni 30 yoki 31-kuni aniqlaydi) Internet yoki telefon uçun tölovlar avtomatik ravişda ötişini sozlaşingiz mumkin.
Bu vaqtingizni tejaşga va tölovlarni har doim öz vaqtida amalga oşirişga imkon beradi. - Voqea-hodisaga köra avtotölov turi – ta'minotçida şaxsiy hisobingiz balansidagi summa ma'lum miqdorga yetganda tölovni amalga oşirişda foydalaniladi.
Barça zarur tölovlarni bir marta örnatganingizdan söng, barça tölovlar öz vaqtida va sizning iştirokingizsiz amalga oşirilişiga amin bölişingiz mumkin. Xizmatni yoqtiriş – bepul.

Masalan, balansingizda $1 dan kam mablağ qolgan bölsa, siz hisobingizni avtomatik ravişda $5 ga töldirişingiz mumkin, uşbu funksiya balans quyi çegaraga yetganda har safar avtomatik ravişda, siz örnatgan miqdordan (masalan, oyiga $15) oşmagan holda amalga oşiriladi.















