Irlandiya koronavirus pandemiyasi sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirishni to‘rt baravarga ko‘paytiradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Saymon Koveni ma'lum qildi.
"Irlandiya JSSTning COVID-19 ga qarshi global kurashdagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Irlandiya JSST budjetiga 2020 yil uchun to‘lanadigan badal miqdorini to‘rt baravarga - 9,5 million yevrogacha oshiradi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington JSST budjetiga badallar to‘lashni to‘xtatayotganini ma'lum qilgandi.
Trampning qarori dunyoning qator siyosiy arboblari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan tanqid ostiga olindi.











