Hukumat qaroriga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab respublikada faoliyat yurituvchi sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning barchasida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlar) majburiy tartibda ushbu tashkilotlar mablag‘lariga o‘rnatiladi.

Statsionar kuzatish punktlari (postlar) atmosfera havosining ifloslanish darajasi monitoringini olib borish uchun masofadan uzatish qurilmalari bilan jihozlanadi.

Qarorga ko‘ra, 2020–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi tahliliy laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasi takomillashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Bu ishlarga davlat budjetidan 53,02 mlrd so‘m; grantlar hisobidan 14,529 mlrd so‘m; ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hisobidan 11,523 mlrd so‘m — jami 79,072 mlrd so‘m ajratish nazarda tutilgan.