Xususan, joriy yilning 17 avgustdan 23 avgustgaça bölgan davrda ötkazilgan birja savdo natijalariga köra barça markali sementning örtaça narxlarida har kuni bir maromda pasayiş kuzatilib, hafta davomida birja savdolariga 215 025,0 tonna sement qöyildi va ulardan 210 751,0 tonnasi, ya'ni 98,0% sotildi. Örtaça kunlik sotuv hajmlari 42,1 ming tonnani taşkil qildi.
Körib çiqilayotgan davrda sementning barça markalari böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 789,4 ming sömdan 736,6 ming sömgaça, ya'ni 6,7% ga pasaydi. E'tiborlisi, kuni keça ötkazilgan birja savdolarida esa sement narxi 679,4 ming sömgaça tuşdi. Birja savdolariga har kuni örtaça 43,2 ming tonna sement mahsulotlari qöyilgan hamda birjadagi narxlar faqatgina haqiqiy bozor tamoyillari asosida talab va taklifga köra şakllangan. Sönggi ikki hafta mobaynida ötkazilgan birja savdolari sement bozorida talab va taklif mutanosibligi ta'minlanganligini körsatmoqda. Xususan, 17 avgustdan 27 avgustgaça bölgan davrda sementning örtaça narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 789,4 ming sömdan 679,4 ming sömgaça, ya'ni 14 foizga tuşgan.

Savdo iştirokçilarining fikriga köra, sement narxlarining pasayişiga birja savdolariga sotuvçilar tomonidan qöyilayotgan sement hajmlarining ösişi hamda sement importi tartibini soddalaştirilganligi öz kömagini bergan. Bundan taşqari, ötgan oylarda “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi mas'ulligida Jizzax viloyatida yillik quvvati 1,2 mln tonna bölgan "Huaxin Cement Jizzakh" MÇJ QK, Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida “Quvasoysement” AJga qaraşli 1 mln tonna quvvatga ega tegirmonning foydalanişga topşirilganligi birjadagi sement narxining pasayişiga yordam berdi.

Ma'lumot uçun, joriy yilning IV-çoragida Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida “Ohangaronsement” AJda yillik quvvati 2,4 mln tonna bölgan yangi sement zavodi işga tuşuriladi. Natijada mamlakatimizda sement işlab çiqariş hajmi oşiriladi, mahalliy quriliş materiallari bozori sifatli mahsulot bilan ta'minlanadi.
“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi
Matbuot xizmati












