Tomorqa yerlardan unumli foydalanmagan fuqarolarga qanday chora ko‘riladi?
Tomorqaga o‘z tanlovi asosida biron-bir qishloq xo‘jalik ekini ekmagan fuqarolar avval ogohlantiriladi. Keyin bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinadi

Foto: KUN.UZ
Parlament quyi palatasining 2020 yil 16 aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar.
Ta'kidlanganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarga chiqib aholining tomorqa yerlardan foydalanish holatlarini tahliliy o‘rganmoqdalar. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab aholi o‘z ekin maydonlaridan imkon qadar unumli foydalanayotgan bir paytda, ayrim fuqarolar tomorqalarini o‘z holiga tashlab qo‘yganlar.
Belgilangan tartib-taomilga binoan hozirda tomorqaga qanday ekin ekish aholining o‘z takliflari asosida shakllantiriladi. Biroq shunga qaramay tomorqa egasi u yoki bu mahsulotni yetishtirishni o‘zi rejalashtirsa-yu, amalda uni bajarmasa, bu holat oziq-ovqat zaxirasini shakllantirishga ham salbiy ta'sir qiladi va albatta bunday loqaydlik o‘z bahosini olish shart.
Shundan kelib chiqib, «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha bilan ushbu kodeksni yangi 65-1-modda bilan to‘ldirish taklif qilinyapti. Unga muvofiq, tomorqa yerlardan unumli foydalanmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Ya'ni, tomorqaga o‘z tanlovi asosida biron-bir qishloq xo‘jalik ekini ekmagan fuqarolar avval ogohlantiriladi. Keyin bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Agar mazkur holat ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bu qiymat uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda bo‘lishi belgilanmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi tomorqa yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish, yer uchastkasi egalarining mas'uliyatini oshirish va oxir-oqibatda oziq-ovqat xavfsizligi hamda aholi bandligini ta'minlashga xizmat qiladi, deyiladi parlament saytidagi xabarda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:16
-
O‘monda tutqunlikda saqlangan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
Jahon | 19:12
-
Kichik va o‘rta biznes uchun uskunalar ko‘rgazmasi
Jamiyat | 19:00
-
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi
O‘zbekiston | 18:37
Mavzuga oid

13:34 / 10.06.2025
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

12:38 / 10.06.2025
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi

10:33 / 10.06.2025
90 kundan ortiq chet elda bo‘lgan fuqarolar majburiy ravishda OIVga tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin

12:05 / 05.04.2025