Andijonda mast holda huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi
Karantin paytida jamoat tartibini buzib, huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar ishi 16 aprel kuni tuman ma'muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi
2020 yil 14 aprel kuni soat 15:00 larda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Mustaqillikning 27 yilligi mahallasida yashovchi fuqarolar D.R. hamda U.O. karantin qoidalarini buzgan.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular jamoat joyida spirtli ichimlik ichishib, mast holda turli haqoratli so‘zlar bilan shovqin ko‘tarishgan. Bu salbiy xatti-harakatlari bilan oila a'zolari va shu joyda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzganlar.
Ushbu holatdan xabar topgan shu hududga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektori voqea joyiga yetib kelib, ularni tinchlantirmoqchi bo‘ladi. Ammo ular xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay faol qarshilik ko‘rsatishgan.
Karantin paytida jamoat tartibini buzib, huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar ishi 16 aprel kuni Jalaquduq tuman ma'muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi MJtKning bir qator moddalariga asosan huquqbuzarlar D.R. hamda U.O.ga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba
13:57 / 29.10.2024
Skuter va samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
11:38 / 25.10.2024