Bunda ilgari alohida röyxatga kiritilgan 24 ta yirik kompaniya haqida söz bormoqda, deb yozadi Norma.
Birinçidan, ularning Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi bilan özaro munosabatlari özgardi:
a) tovarlarning (işlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga bölgan texnik topşiriqlar qismida ular qolgan sub'yektlar bilan tenglaştirilib, endi qiymati BHMning 5 000 baravaridan (1 mlrd 115 mln söm) oşganda hujjatlarni kompleks ekspertizadan ötkaziş uçun taqdim etişlari şart. Ilgari ular uçun narx çegarasi ekv. $50 mingni (506 050 ming söm) taşkil etardi;
b) kontraktlar qismida – ilgari ular barça, şu jumladan import kontraktlarni ekspertizadan ötkaziş uçun taqdim etişlari kerak bölgan bölsa, hozir faqat import kontraktlar va ularga qöşimça kelişuvlarni taqdim etişlari lozim. Narx mezoni ekv. $50 mingdan BHMning 40 000 baravarigaça (8 mlrd 920 mln söm) özgartirildi. Bundan taşqari, endi uşbu talab töğridan-töğri muzokaralar asosida tuzilgan kontraktlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ikkinçidan, davlat va strategik buyurtmaçining işlab çiqariş faoliyatida foydalaniş uçun tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) intellektual faoliyat natijalari muallifidan yoki ulardan mutlaq foydalaniş huquqiga ega yetkazib beruvçidan töğridan-töğri şartnomalar böyiça xarid qilişga ruxsat berildi. Boşqa yetkazib beruvçi tomonidan mahsulot yetkazib beriş imkoniyati bölmagan taqdirda litsenziya bitimiga (şartnomasiga, kontraktiga) asosan bunga yöl qöyiladi. Intellektual faoliyat natijalarini (fan, adabiyot va san'at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali körsatuv yoxud eşittiriş beruvçi taşkilotlarning körsatuvlari yoki eşittirişlari) uşbu obektlarga nisbatan mutlaq huquqqa ega bölgan yagona şaxsdan xarid qiliş çoğida ham töğridan-töğri şartnoma tuzilişi mumkin.
Uçinçidan, 2020 yil 1 yanvardan boşlab strategik xaridorlar xarid oldidan eng yaxşi takliflarni tanlab oliş yöli bilan maxsus veb-portalda e'lon joylaştirişlari şart ekanligidan xabardormiz. Unda xarid komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilişning sönggi muddati körsatiladi. Ilgari u kamida 15 kunni taşkil etgan bölsa, endilikda kamida 10 kunni taşkil etadi.
Hujjat 16.04.2020 yildan kuçga kirgan.










