Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga köra, Ğanişer Xudoyquloviç Rahimov Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
Şu munosabat bilan Ğ.Rahimov Özbekiston davlat jahon tillari universitetining rektori lavozimidan ozod qilindi.
2020 yilning 16 aprel kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov tomonidan bu haqdagi tegişli hujjat imzolandi.
Prezidentning 2020 yil 17 apreldagi PQ-4681-son qarori bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti taşkil etildi.
Institut faoliyatining asosiy yönalişlari sifatida:
tadbirkorlarning zamonaviy rivojlaniş tendensiyalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik va boşqaruv, pedagogika va aniq fanlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq boşqa sohalar böyiça yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlarga muvofiq sifatli tayyorlaş;
yetakçi xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bölgan sohalar uçun qöşma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaş;
kadrlar tayyorlaş jarayoniga ilğor ta'lim texnologiyalari, şu jumladan masofaviy öqitiş uslublarini joriy etiş;
öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşirişda, şuningdek, ilm-fan, işlab çiqariş va amaliyot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etişga yönaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borişda respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiliş;
yuqori malakali professor-öqituvçilar, mutaxassislarni jalb etgan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bölgan tarmoqlari uçun kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş kurslarini taşkil etiş;
respublika va xorijiy oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga istiqbolli yoşlarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuboriş orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş kabilar belgilandi.









