Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti dekani örinbosari Şavkat Omonqulovning tarix kafedrasi öqituvçilariga Telegram tarmoği orqali yuborgan topşiriği surati tarqaldi.
Unda dekan örinbosari tomonidan institutga vazir (oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov – tahr.) kelişi mumkinligi hamda u bilan böladigan uçraşuvda «es-huşi joyida» talabalar iştirok etib, tizimdagi islohotlardan minnatdorlik kayfiyatini namoyon qilişi kerakligi buyuriladi.

«Vazir bilan institutimizda buladigan uçraşuvga es xuşi joyida talabalarni tayyorlab, ogoxlantirib kuying. Umuman, qaysi guruxga kirilsa xam, talabalarimiz Prezidentimiz tomonidan oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan isloxotlar uçun minnatdorçilik kayfiyatini namoyon etişlari kerak, Denovda yaratilgan şaroitni kullab kuvvatlaşlari kerak.
Xar xil demokratik fikrlarini menga va sizga aytişsa yetadi. Xamma şaroit yetarli, faqat biz yoşlar yaxşi ta'lim va tarbiya olişimiz lozim degan goyani gapirişsin, televizorda xam zur çikadi. Uzi şundogam jamiyat bokimandalarga tulib ketdi, osmondan tuşsa yotib yeyman deydigan» (topşiriq matni tahrirlarsiz keltirildi – tahr.), – deyiladi Şavkat Omonqulovning topşiriq xatida.
Oliy ta'lim muassasasi dekani örinbosarining öqituvçilarga bu tarzda topşiriq berişi hamda talabalardan «qolip»dagi fikrlarni aytişni talab qilişi ijtimoiy tarmoqlarda köplab muhokamalarga sabab bölmoqda.
«Oliy ta'limda heç narsa özgarmadi. Öşa eskiça tizim, öşa yolğonlar va öşa eskiça talablar. Darslar, ta'lim sifati haqida esa heç kim söramaydi, nazorat qilmaydi, hamma e'tibor şaklbozlikka qaratilgan», – deb yozdi muloqot tarmoği foydalanuvçilaridan biri.
Kun.uz muxbiri köpçilikning tanqid va kulgisiga sabab bölayotgan voqea böyiça Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xodimi Zafar Amirqulovdan izoh oldi.
Matbuot xizmati xodimiga köra, Şavkat Omonqulov şu voqealardan keyin öz arizasiga binoan işdan böşagan.
«Dekan örinbosarining xatti-harakatlari institut rahbariyati iştirokida jiddiy muhokama qilingan. Muhokama va örganişlar natijasiga köra, institut odob-axloq qoidalarini buzgani uçun Şavkat Omonqulovga hayfsan intizomiy jazosi qöllanilgan.











