O‘zbekiston | 09:58 / 22.04.2020
7159
3 daqiqa o‘qiladi

Chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi ochiqlandi

Yirik korxonalarning tovar aylanmasi 6,02 trln so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 34,1 trln so‘mni tashkil etdi

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 40,1 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 3,8 foizga o‘sdi. 

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 6,02 trln so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 34,1 trln so‘mni, shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 3,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 40,1 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur'ati 3,8 foizni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulush Toshkent shahrida (21,9 foiz ulush bilan 8,7 trln so‘mni tashkil etdi).

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida deyarli barcha viloyatlarda o‘sish sur'atlari kuzatilib, asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga (85,0 foiz) to‘g‘ri keldi. Yirik korxonalar savdo aylanmasi ulushida, korxonalar ulgurji savdoga o‘tib ketayotganligi sababli, o‘tgan oyga nisbatan keskin kamayish kuzatildi (15,0 foiz).

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-mart oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 19,3 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 0,5 foizga o‘sdi. 

Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 4,9 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 1,1 foiz), kichik biznes sub'yektlarining tovar aylanmasi 14,3 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 0,3 foiz), shundan mikrofirmalar savdo tovar aylanmasi 6,8 trln so‘mni (o‘zgarish sur'ati 9,3 foiz) va kichik korxonalar savdo tovar aylanmasi 7,4 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 1,1 foiz) tashkil etdi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori o‘sish sur'atlariga ega yirik korxonalar Toshkent (94,4 foiz) shahrida va Andijon (29,3 foiz), Surxondaryo viloyatlarida (15,0 foiz) kuzatildi.

Ulgurji tovar aylanmasida o‘sish sur'atlari Toshkent (9,4 foiz) shahrida va Andijon (8,0 foiz), Surxondaryo (5,3 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes sub'yektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2020 yil yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra, 19,3 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 0,5 foizga o‘sgan. Jami ulgurji savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 74,2 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Farg‘ona (82,6 foiz), Qashqadaryo (81,7 foiz), Buxoro (81,6 foiz), Sirdaryo (79,2 foiz) viloyatlarida va Toshkent (79,3 foiz) shahrida yuqori bo‘lgan. Eng past ulush esa Toshkent viloyatiga (47,6 foiz) to‘g‘ri keldi.

Mavzuga oid