Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati 2020 yil (1441 hijriy yil) Ramazon oyi uçun fitr sadaqasi va fidya miqdoriga doir qarorini e'lon qildi. Taqdim etilgan qarorda, fitr sadaqasi va fidya uçun mezon qilib olingan narxlar Toşkent şahriga oid ekani, har bir viloyat vakilliklari öz hududidagi bozorlardagi örtaça narxlardan kelib çiqqan holda fitr sadaqasi va fidya miqdorini belgilaşi alohida ta'kidlangan. 

Fitr sadaqasi Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon etilgan quyidagi tört narsaning qiymati barobarida çiqariladi. Ular: buğdoydan yarim so', arpadan bir so', mayizdan yarim so' va xurmodan bir södir. Bir so' taqriban (≈) 4 kilogrammga teng.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toşkent şahar bozorlaridagi narxlari örganilganda 1 kg. buğdoy örtaça tört ming söm, 1 kg. arpa örtaça uç ming söm, 1 kg. mayiz örtaça öttiz beş ming söm va 1 kg. xurmo örtaça öttiz ming söm ekani ma'lum böldi.

Şunga köra, 2020 yil (1441 h.) uçun FITR sadaqasining miqdori:
≈ 2 kilogramm buğdoy 8 000 (sakkiz ming) söm;
≈ 4 kilogramm arpa 12 000 (ön ikki ming) söm;
≈ 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmiş ming) söm;
≈ 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) söm deb belgilansin.

Har kim öz imkoniyatidan kelib çiqqan holda, yuqoridagi tört mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bölib, uning örtaça qiymati 20 000 (yigirma ming) söm, deb belgilansin!

Ma'lumki, fitr sadaqasi moli zakot nisobiga yetgan musulmon kişi tomonidan miskinlarga berilişi vojib bölgan sadaqa bölib, uni hozirgi şaroitdan kelib çiqib, Ramazon oyi davomida beriş maqsadga muvofiqdir.