Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov 23 aprel kuni taşkil etilgan Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida kelib tuşayotgan yirik xayriyalar böyiça ma'lumot berdi.
«Bizga 600 milliard sömlik xayriya mablağlari kelib tuşdi. Xususan, Alişer Usmonovdan 20 million dollar ajratdi, bugun esa uning nomidan yana 5 million dollar kelib tuşadi. Uşbu mablağlar Zangiota tumanida qurilayotgan şifoxonani jihozlaş uçun sarflanadi. Bundan taşqari, UzTex 1 million dollar ajratgan, Navoiydagi «Baxt tekstil» korxonasi 500 ming dollar, Turkiyadagi «Tashkent Trade Centre» 200 ming dollar xayriya qilgan», deydi u.
Qöçqorovning aytişiça, Özbekiston Mehr-şafqat va salomatlik jamğarmasiga ötkazilgan pullar 71 milliard sömdan oşdi.









