Mamlakat uşbu körsatkiçlar bilan allaqaçon Xitoy va Eronni ortda qoldirgan va endilikda dunyo koronavirus reyting jadvalida kasallaniş holatlari soni 100 minglik nuqtadan ötgan yettinçi davlatga aylangan. Şu bilan birgalikda, Turkiya uşbu yettilikdagi ölimlar soni eng kam bölgan davlatdir. Şuningdek, Turkiyadan quyida joylaşgan Eron, Xitoy, Braziliya, Belgiya va Niderlandiyada ham ölimlar soni Turkiyadagidan köproq. Kanada va Şvetsiyada ham 2 mingdan ortiq ölim holatlari qayd etilgan.
Epidemiyaning keng miqyosiga qaramay, Turkiya hukumati hozirça universal karantin joriy etganiça yöq. Xorij naşrlari bu holatni iqtisodiyotning qulaş xavfi mavjudligi bilan izohlamoqda.

Qayd etib ötiş joizki, turklar fevral oyi oxirida qöşni Eronda epidemiya boşlanişi ortidan pandemiyaning dahşatli haqiqatini his qila boşlaşgandi. Tez orada uşbu davlat bilan aloqalar töxtatildi. 11 mart kuni Turkiyada koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 15 mart kuni mamlakatda virus bilan boğliq ilk ölim holati qayd etildi.
Soğliqni salqaş vaziri Faxriddin Xöja dastlabki bayonotlaridan birida «Koronavirus Turkiya tomonidan körilayotgan çoralarni yengib ötişga qodir emas»ligi haqida aytgandi. Ammo köp ötmay, 23 mart kuni televideniye orqali murojaatida u epidemiya butun mamlakat böylab tarqalib ketganini tan oldi va kerakli tadbirlar amalga oşirilayotganini ta'kidladi.
Hukumat epidemiya tarqalişining oldini oliş uçun dastlab 65 yoşdan oşgan odamlarning köçaga çiqişini taqiqladi. Keyinçalik 20 yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlarga ham uşbu taqiq qöllandi. 11-12 aprel kunlari komendantlik soati joriy etildi, bu 2000 yilda aholi röyxatga olinganidan buyon joriy etilgan ilk holat böldi.

Uşbu kutilmagan va noodatiy çora mamlakatda tartibsizlik va siyosiy dramani keltirib çiqardi. Odamlar özlarini yoqilği quyiş şoxobçalari va oziq-ovqat dökonlariga urişdi. Uzundan uzun navbatlar paydo böldi. Ijtimoiy masofa haqida unutildi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, Istanbulda karantin e'lon qilingan öşa kuni kamida 270 ming kişi öz uylaridan taşqariga çiqqan. Bu esa öz navbatida hukumatga yönalgan tanqidlarning avj olişiga sabab böldi.
Şundan söng içki işlar vaziri Sulaymon Soylu bildirilgan tanqidlarga javoban ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali iste'fo berganini e'lon qildi. Prezident Erdöğan mamlakat hayotidagi bir neça oğir vaziyatlarda Sulaymon Soyluning munosib xizmat körsatganini e'tirof etib, uning iste'fosini qabul qilmadi.

Ayni paytda Istanbulda ijtimoiy xizmatlar faoliyat olib bormoqda. Şahar ma'murlari va xayriya taşkilotlari kam ta'minlanganlarga yordam berişmoqda. Ammo markaziy va mahalliy hokimiyat örtasidagi raqobat ham közga taşlanmoqda. Anqara va Istanbul şahar hokimliklarining xabar berişiça, koronavirusga qarşi kuraşiş uçun mablağ yiğgani sababli ularga Içki işlar vazirligi tergov boşlagan va hokimliklarning bankda oçilgan hisob raqamlari yopib qöyilgan. Sabab sifatida esa ularning vazirlik bilan kelişmagani aytilmoqda.
Istanbul şahri meri Ikrom Imomöğlining sözlariga köra, şahar hokimiyati 900 ming lira (taxminan 130 ming dollar) töplagan. Ammo mamlakat prezidenti ikkala şahar rahbariyatini davlat içida davlat tuzişga urinişda ayblagan.
Ta'kidlaş joizki, ikki hokim ham muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasining a'zolaridir. Ular ayni paytda prezidentdan olimlar va şifokorlar tavsiyalariga tayanib, öz şaharlarida doimiy karantin örnatilişini talab qilişmoqda.
Huquq himoyaçilarining ta'kidlaşiça, keyingi paytlarda senzura kuçaygan: jurnalistlar tanqidiy maqolalar uçun hibsga olingan va deputatlar ijtimoiy media ustidan nazoratni yangi bosqiçga kötarişni istaşmoqda.
Turkiya Içki işlar vazirligida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatuvçi guruhlar mavjudligi aytilmoqda. «Sönggi bir oy içida politsiya koronavirus mavzusida 3,5 mingdan ortiq «provokatsion» holatlarni aniqlagan va bular asosida 616ta jinoiy iş oçgan. 229 kişi, jumladan, bir neçta jurnalist hibsga olingan», deydi Istanbul Bilgi universiteti huquq professori Yaman Akdeniz.
Mamlakatda 23-26 aprel kunlari öttizta şahar va Zonguldakni qamrab oluvçi kommendantlik soatlari joriy etilişi e'lon qilingan.













