Yil boshida nominal YaIM hajmi 2 foizga oshgan - Davstatqo‘m
2020 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 110,5 trln so‘mni tashkil etdi va 2019 yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 4,1 foizga o‘sdi
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 55,7 trln so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 44,1 trln so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 10,6 trln so‘mni tashkil etdi.
2020 yil yanvar-mart oylarida YaIM o‘sishi 2019 yil yanvar-martdagi 5,7 foiz va 2018 yil yanvar-martdagi 5,6 foizga nisbatan 4,1 foizgacha sekinlashdi. Shu bilan birga, YaIM deflyator indeksida ham 2019 yil yanvar-martdagi 121,3 foiz va 2018 yil yanvar-martdagi 136,7 foizga nisbatan 2020 yil yanvar-mart oylarida 114,1 foizgacha sekinlashish kuzatildi.
Kuzatilayotgan davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 11,5 mlrd dollarni tashkil etdi (2019 yilning yanvar-martida – 11,1 mlrd doll.).
Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 3,2 mln so‘mni (yoki 341 dollar ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2019 yil yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,0 foizga o‘sdi. Aholi jon boshiga YaIM o‘sishi 2018- va 2019 yil yanvar-mart oylarida mos ravishda 3,9 foiz va 3,8 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
21:11 / 19.12.2024
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari e’lon qilindi
08:10 / 10.12.2024