Röyxatda qolgan filmlardan ança farq bilan “Qasoskorlar: Final” (Avengers: Endgame) filmi yetakçilik qilmoqda. Film öz ijodkorlariga 890 mln dollar sof daromad keltirgan. 

Reytingni tuzişda işlab çiqariş xarajatlari, aktyorlar gonorarlari, reklama xarajatlari va boşqa omillar hisobga olingan.

2-örinni “Muzyurak” (Frozen 2) filmining sikveli 600 mln dollarlik daromad bilan egallagan.

Yetakçi uçlikdan “Qirol şer” (The Lion King) multfilmining rimeyki ham örin olgan. Disney kinostudiyasi blokbasteri 580 mln dollar sof foyda keltirgan.

Keyingi örinlarni “Joker” (Joker), “Kapitan Marvel” (Captain Marvel), “Öyinçoqlar tarixi 4” (Toy Story 4), “Oloviddin” (Aladdin), “Örgimçak-odam: Uydan olisda” (Spider-Man: Far From Home), “Yulduzli janglar: Skayuoker” (Star Wars: The Rise of Skywalker) , “Jumanji: Keyingi bosqiç” (Jumanji: The Next Level), “U 2” (It Chapter Two) va “Ajdarhoni qölga örgatiş 3” (How to Train Your Dragon: The Hidden World) filmlari egallagan.