AOKA ştabida Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Habibulla Oqilov iştirokida brifing bölib ötdi. 

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, 1197 raqamiga qönğiroq qilib, dori söraş mumkinligi yuzasidan savol berildi.

“1197 raqami ehtiyojmandlar uçun birlamçi ehtiyoj uçun zarur oziq-ovqat, şuningdek, bolalar ozuqasi va surunkali bemorlar uçun dori vositalari böyiça murojaat qilişga möljallangan. 

Faqat dorilarni yetkazib beriş oziq-ovqat kabi tez taşkillaştirilmasligi mumkin, çunki u yaşaş joyidan poliklinika retsepti asosida beriladi.

Jarayon tezroq bölişi uçun siz preparatning aniq nomini, dozasini va qabul qiliş davomiyligini aytişingiz kerak, çunki telefonda şifokor yoki farmatsevt emas, volontyorlar javob qaytaradi”, - dedi Habibulla Oqilov.

Bundan oldin, koronavirus infeksiyasi karantin zonasidan taşqarida ham aniqlanayotgani aytilgandi.