Qaşqadaryo viloyati Hisor davlat qöriqxonasidagi fotoqopqon ikki boş qor qoplonini suratga oldi. Bu haqda Davlat ekologiya qömitasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2020 yil 26 aprel kuni Qizilsuv bölimiga örnatilgan fotoqopqon tekşirilganda, 2020 yil 16 mart kuni soat 18:30da fotoqopqon nigohiga ikkita qor qoploni tuşgani ma’lum böldi.

Bildirilişiça, qor qoploni Özbekistonning yuqori qor tizmalarida yaşovçi jonivor. U sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri hisoblanadi.