Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi qor qoplonini (ilbars) mamlakatning milliy ramzi sifatida tan oliş töğrisida qaror qabul qildi.

Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev imzolagan hujjatda qor qoplonining rasmiy logotipini qabul qiliş va uni qöllaş tartibi ham nazarda tutilgan.

Qaror Qirğiziston prezidentining «Qor qoplonini Qirğiziston Respublikasining milliy ramzi sifatida tan oliş töğrisida»gi farmonini amalga oşiriş doirasida Qirğizistonning tabiiy va madaniy merosini aks ettiruvçi ramzlarni saqlaş, muhofaza qiliş va ommalaştiriş maqsadida qabul qilingan.

Qirğiziston Respublikasi Tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vazirligiga qor qoploni populyatsiyasi va yaşaş hududini saqlab qoliş böyiça çora-tadbirlar rejasini tasdiqlaş topşirildi.

Mulkçilik şaklidan qat’i nazar, barça davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, taşkilot va muassasalar mazkur qarorga amal qilişi belgilab qöyildi.

Qor qoploni sayyoramizdagi eng gözal va noyob, muşuksimonlar oilasiga mansub yirik yirtqiç hayvon bölib, Markaziy Osiyo toğlarida yaşaydi. U Himolay, Pomir, Tyan-Şan, Hindikuş va Oltoy yovvoyi tabiatining ramzidir.

Qor qoploni 12 mamlakatda uçraydi: Xitoy (jami populyatsiyaning taxminan 60 foizi yaşaydi), Möğuliston, Rossiya (Oltoy, Tuva, Sayan), Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston, Nepal, Hindiston, Pokiston, Afğoniston, Tojikiston, Butan.

Qor qoploni xalqaro Qizil Kitobiga «zaif tur» sifatida kiritilgan. Asosiy tahdidlar: brakonerlik (teri va suyak uçun), yaşaş joyini yöqotiş (çorva mollarini boqiş va yöl qurilişi tufayli), yovvoyi tuyoqlilar sonining kamayişi. Hozir u milliy boğlar va qöriqxonalarda faol qöriqlanmoqda.