Unga köra, 2020 yil 30 aprel kuni soat 06:00dan:

  • fuqarolarga – iş joyiga borib kelişi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi navbatda zarur bölgan mahsulotlarni xarid qiliş uçun soat 07:00dan 10:00gaça hamda 17:00dan 20:00ga qadar barça turdagi şaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yölovçilar bilan birga), şu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanişga;
  • fuqarolarga – şahar va tumanlardagi köp qavatli uylarning bevosita oldida va içki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilişga, bunda 14 yoşgaça bölgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilişga;
  • oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor öqituvçilariga – ilmiy işlarni davom ettiriş maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklaş ruxsat berildi.

Şuningdek, tumanlararo (şaharlararo), viloyatlararo va Toşkent şahriga kirib-çiqişda qişloq xöjalik mahsulotlarini yetiştiruvçi yuridik va jismoniy şaxslarlarning barça turdagi şaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalarida harakatlanişiga içki işlar organlari tomonidan mahsulotlarni tezkor va qulay yönalişlar orqali öz manzillariga yetib borişiga kömaklaşiş belgilandi.

Ta'kidlaş joiz, jamoat joylari, bozorlar va ruxsat berilgan savdo xizmat şoxobçalarida hamda avtotransport vositalarida harakatlaniş davomida barça Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tegişliça sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilişi talab etiladi.