AFP axborot agentligining xabar berişiça, 28 aprelda ikkita aviatsiya eskadrilyasi – AQŞ harbiy-havo kuçlari Thunderbirds guruhining 6 ta va Blue Angels guruhining 6 ta samolyoti körgazmali parvozlar amalga oşirgan. Söngra samolyotlar Filadelfiya tomon yöl olgan.

Samolyotlar şaharning barça tumanlari uzra uçib ötgan. Thunderbirds eskadrilyasi sardori Jon Kalduellning ta'kidlaşiça, uçuvçilar “şahar aholisi xavfsizligi uçun jonbozlik qilayotgan barçaga hurmat bajo keltiriş”dan xursand bölişgan. Uşbu parvozga bir oy davomida tayyorgarlik körilgan.

Bunday parvozlar AQŞning turli şaharlarida may örtasigaça davom etadi. Ulardan maqsad mamlakat aholisini, ayniqsa oğir şaroitlarda işlayotgan şifokorlarni ilhomlantiriş hamda uçuvçilarga maşğulot ötkaziş va öz malakasini yöqotmaslikda yordam beriş hisoblanadi.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarşi kuraşayotganlar va virusdan vafot etganlar şarafiga harbiy aviatsiyaning körgazmali parvozlari ötkazilişini e'lon qilgandi.