“Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunida mehnat jamoalarida maslahat kengaşlarini tuziş belgilangan.
Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabariga köra, mazkur maslahat kengaşlarining faoliyatini taşkil etiş maqsadida Özbekiston Respublikasining gender tenglikni ta'minlaş masalalari böyiça komissiyasi tomonidan tegişli tavsiyalar işlab çiqildi.
Davlat organlarida maslahat kengaşlarini taşkil etişdan asosiy maqsad – har bir mehnat jamoasida xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratiş, ularning mehnat huquqlarini himoya qiliş, işiga munosib haq tölaş, rağbatlantiriş, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etiş, şuningdek bu borada olib borilayotgan işlarni tahlil qilib, zarur takliflarni işlab çiqişdan iborat.
Uşbu tuzilma Gender tenglikni ta'minlaş masalalari böyiça Respublika komissiyasining ustuvor yönaliş va tavsiyalariga amal qilgan holda quyidagi işlarni amalga oşiradi:
xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlaş borasidagi davlat dasturlari, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarni amalga oşiriş yuzasidan öz takliflarini beradi;
yuridik xizmat tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy va boşqa içki me'yoriy hujjatlarni gender tenglikni ta'minlaş maqsadida huquqiy (gender-huquqiy) ekspertizadan ötkazişda bevosita iştirok etadi;
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boşqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ayollarga berilgan imtiyozlarning yaratilganlik holatini örganadi va uning natijalari böyiça takliflar tayyorlaydi;
içki idoraviy hujjatlarni tahlil qiliş orqali aniqlangan gender tengsizlikni bartaraf etiş yuzasidan takliflar işlab çiqadi va yuridik xizmatga taqdim etadi;
işlarning faoliyat jarayonini monitoring qiladi, baholaydi va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf qiliş yuzasidan tegişli tavsiyalar işlab çiqadi va rahbariyatga taqdim etadi;
xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilişini ta'minlaydi;
işga kiriş maqsadida murojaat qilgan nomzodlar bilan ötkaziladigan suhbat yoki boşqa jarayonlarda, iş beruvçi tomonidan vazifa va lavozimlarga tayinlaşda hamda kadrlar zaxirasini şakllantirişda gender tenglikni ta'minlaydi;












