24 noyabr kuni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça respublika komissiyasi boşçiligida, BMT tuzilmalari hamkorligida «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik» kampaniyasiga start berildi.

Har yili 25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kunidan boşlab 10 dekabr – Inson huquqlari kuniga qadar dunyo böylab «Gender asosidagi zöravonlikka qarşi 16 kunlik faollik» global kampaniyasi ötkaziladi.

Mazkur taşabbus doirasida joriy yil BMT tomonidan kampaniya «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik» mavzusida taşkil etilmoqda. Özbekistonda ham uşbu global taşabbus an’anaviy ravişda qöllab-quvvatlanib, mamlakat miqyosida turli yönalişlardagi tadbirlar va muloqotlar orqali keng jamoatçilik iştirokida ötkaziladi.

Tadbirni oçgan Senat raisi Tanzila Norboyeva xotin-qizlarni har qanday zöravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qiliş böyiça olib borilayotgan işlarga töxtalib, zöravonlikka qarşi kuraş uzluksiz jarayon ekanini qayd etib ötdi. Uning aytişiça, ayrim zararli stereotiplar jamiyatda urf-odat sifatida talqin qilinişi mumkin, ammo inson huquqlarini buzadigan bunday tasavvurlarni bartaraf etiş muhim vazifa hisoblanadi. «Heç qanday stereotip zöravonlikni oqlay olmaydi», deb ta’kidladi u.

Tadbirda vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiliş organlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, xalqaro ekspertlar va BMTning Özbekistondagi agentliklari xodimlari iştirok etdi.

Şuningdek, Özbekistondagi BMT doimiy koordinatori Sabin Mahl mamlakatda oiladagi zöravonlikni jinoyat deb belgilaş, himoya xizmatlarini kuçaytiriş kabi islohotlar raqamli zöravonlikka qarşi kuraş uçun muhim baza yaratişini ta’kidlab, raqamlaşuv ortib borgani sayin qonun va xizmatlarni ham takomillaştiriş zarurligini qayd etdi.

«BMT-ayollar» tuzilmasi Markaziy Osiyo Muvofiqlaştiruvçi ofisi rahbari Jyeren Guven Gureş global raqamlaşuv tez ösişiga qaramay, dunyoda onlayn zöravonlik va texnologiyalar vositasidagi zöravonlik holatlarining katta qismi yaşirilgan holda qolişini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, 2025 yilga qadar 117 mamlakat raqamli zöravonlikka qarşi çoralar körayotgan bölsa-da, bu transmilliy tahdidga javoblar hali ham tarqoq va muvofiqlaştirilmagan holda qolmoqda.