Şundoq ham moliyaviy ahvoli “uçma-uç” bölib kelgan qatlam karantin davrida qiyin ahvolda qolgani sir emas. Bu toifaga birinçi navbatda yolğiz keksalar, bemorlar, köp bolali oilalar, töliqsiz (boquvçisi yöq) oilalar, kunbay daromad evaziga yaşab kelgan oilalar va boşqalar kiradi.

Vaziyatni yumşatiş uçun köplab moddiy imkoni bor hamyurtlarimiz qiynalganlarga yordamga şoşilişdi – minglab oilalar şu tobda ularning yordami evaziga kun keçirib turişibdi. Ehsonlarni jamlaş va haqdorlarga yetkaziş jarayoniga bir qança volontyorlik guruhlari boş-qoş bölmoqda.

Biroq har qanday jarayonda kamçiliklar bölgani kabi, bu sohada ham salbiy holatlar yuz beryapti. Tahririyatimizga ba'zi volontyorlik guruhlari taşabbuskorlaridan kelib tuşgan ma'lumotga köra, boş muammolardan biri bu – ba'zi holatlarda moddiy yordamning haqiqiy haqdorlarga yetib bormayotgani. Ya'ni haqiqiy haqdorlar bir çetda qolib ketib, ba'zi mahallalarda “ovozi baland”, ta'bir joiz bölsa, “haqini talaşib oladigan”larni yordam röyxatlariga kiritib yuboriş va boşqa şu kabi holatlar kuzatilayotgani ta'kidlanmoqda. Natijada ba'zi holatlarda xayriya işlarining, safarbarlikning asl foyda-mohiyatiga putur yetayotgani – asl maqsad hosil bölmayotgani aytilyapti.          

Şu boisdan volontyorlik guruhlari taşabbuskorlari hammadan, mahalla faollari, xususan barça mahalla raislari, korxona va taşkilot rahbarlari, imom-noiblar va boşqalar – köpçilikning holidan xabardor bölganlardan ayni damda bu jarayonga nisbatan yanada mas'uliyatli bölişni söraydi. Har birimiz özimiz yaşayotgan mahallada, qöni-qöşnimiz orasida moddiy yordam olişga haqiqiy haqdor bölgan oila va yolğiz kişilarni aniqlaşimiz, qölimizdan kelgança yordam berişimiz hamda moddiy yordam yetkazişga bel boğlagan taşkilot va volontyorlik guruhlariga ular haqida bildirişimiz lozim. Zero, ehsonlar haqiqiy haqdorlarga yetib borişi lozim.  

Şokir Şaripov, Kun.uz kolumnisti